Ra’no Jo‘rayeva “Uzbekistan Airports” raisi lavozimidan ketdi

Ra’no Jo‘rayeva “Uzbekistan Airports” raisi lavozimidan ketdi
  • 4
  • 07.08.2023 16:51:00
  • 1 daq o'qish

Kompaniya aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining tegishli qaroriga ko‘ra «Uzbekistan Airports» AJ boshqaruv raisi Ra’no Jo‘rayeva bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Ikki yarim yillik rahbarlik faoliyati davomida Ra’no Jo‘rayeva kompaniyada katta o‘zgarishlarni amalga oshirishga erishdi, deyiladi matbuot xabarida.

Javlonbek Umarxodjayev «Uzbekistan Airports» AJning boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U shu vaqtgacha Ra’no Jo‘rayevaning o‘rinbosari edi. 

manba: Xabar.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News