Ramazon hayiti 21 aprel kuni nishonlanadi

Ramazon hayiti 21 aprel kuni nishonlanadi
  • 5
  • 20.04.2023 08:05:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekiston musulmonlari idorasi mamlakatda joriy yilda Ramazon hayiti 2023 yil 21 aprel juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini aniqlash uchun tuzilgan Ishchi guruhi xorijdagi nufuzli astronomiya markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Astronomiya institutidan olgan ma’lumotlarga ko‘ra, 1444 hijriy yil Shavvol oyining yangi oy fazasi (hiloli) shu yil 20 aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:12 da sodir bo‘lgan (tug‘ilgan).

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi islom dini ta’limotlari va mazkur astronomik ma’lumotlarga asoslangan holda respublikada joriy yilda Ramazon hayiti 2023 yil 21 aprel juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi. 

Avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon hayitining sanasi – ishchi guruhning hilolni kuzatish to‘g‘risidagi oxirgi ma’lumotlari olingandan keyin, 2023 yil 20 aprel kuni e’lon qilinishini bildirgandi. Shuningdek, diniy idora ibodat masalasida doim ehtiyot bo‘lishga hamda hayit kunini belgilash atrofidagi ma’lumotlarni turlicha talqin qilmaslikka chaqirgandi.

Manba: Kun.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News