
- 5
- 26.07.2024 16:36:00
- 1 daq o'qish
Parijda Olimpiya o‘yinlari ochilish marosimiga oz fursatlar qolganida Fransiyaning temiryo‘l kompaniyasi mamlakatning turli chekkalaridagi obyektlari - yo‘llar va vokzallar - vandalizmga yo‘liqqani haqida xabar qildi. Xususan, o‘t qo‘yish holatlari kuzatilgan. Poyezd reyslarining katta qismi bekor qilingan. Shuningdek, Parij va Yevropaning qator shaharlarini bog‘lovchi qatnovlar bekor qilingan yoki kechiktirilgan.
Hujum joyida o‘t o‘chiruvchilar va politsiyachilar ishlamoqda. Bu vaziyat 29-iyulga qadar saqlanib qoladi, hozircha esa tiklash ishlari davom ettirilmoqda. Fransiya politsiyasi hujum yuzasidan tekshiruvlar boshlagan.