“Afrosiyob” poyezdiga qasddan zarar yetkazgan temiryo‘lchilar qamaldi

“Afrosiyob” poyezdiga qasddan zarar yetkazgan temiryo‘lchilar qamaldi
  • 0
  • 15.08.2025 08:30:00
  • 1 daq o'qish

Samarqandda “Afrosiyob” poyezdi relsiga 110 kg beton shpal qo‘yib, qo‘poruvchilik qilgan ikki temiryo‘lchi sud hukmi bilan 13 va 12 yilga qamaldi.

2023-yil dekabrida ishidan norozi bo‘lgan sobiq brigadir hamkasbi bilan jinoiy reja tuzib, 14-yanvar kuni 148 yo‘lovchili poyezdni to‘xtatishga uringan. Hodisada poyezdning harakatlantiruvchi qismlari shikastlanib, 260 mln so‘m zarar yetkazilgan. Zarar davlat foydasiga undirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News