
- 3
- 17.03.2025 21:29:00
- 1 daq o'qish
“Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi” AQSH hukumatidan moliyalashtirishni to‘xtatish to‘g‘risidagi hujjatni olganini tasdiqladi. AQSH prezidenti Donald Trampning farmoni bilan USAGM (RSE/RS va “Amerika ovozi”ni nazorat qiluvchi) faoliyati qisqartirilmoqda. Kongress tomonidan ma’qullangan RSE/RSni moliyalashtirish granti bekor qilinadi.
Shuningdek, “Amerika ovozi”ning 1300 dan ortiq xodimi ma’muriy ta’tilga chiqarilgan.
Bir qator ekspertlar “Ozodlik radiosi” “demokratik qadriyatlar” niqobi ostida buzg‘unchilik faoliyati bilan shug‘ullanmoqda deb hisoblashadi.