Tovuq sho'rva

Tovuq sho'rva
  • 9
  • 08.03.2023 14:36:00
  • 1 daq o'qish

Lazzat dunyosi oshxonasida kechki ovqatning sevimli taomini qayta talqin qildik 🥰
Quyida Tovuq sho‘rva retseptini sizlar bilan baham ko‘ryabmiz👇🏼

🍗Masalliqlar:

6 ta tovuq oyoqchalari
1 dona yashil piyoz
1 dona piyoz
2 dona o‘rtacha sabzi
1 bog‘ kashnich
2 ta o‘rta kattalikdagi pomidor
1 ta limon
1 litr suv
Ta’bga ko‘ra tuz, qora qalampir, zira, quritilgan rayhon va yangi koriander

👨🏻‍🍳 Tayyorlanishi:

- O‘rtacha kattalikdagi qozonni qizdiring
- Qozonga avval tovuq oyoqchalarini, so‘ngra sabzi va piyoz hamda suv solib qaynating 
- Ta’bga ko‘ra tuz va murch qo‘shing 
- Qaynab chiqqandan keyin kartoshka, sarimsoq va pomidor qo‘shib yana 20 daqiqa qaynating
- Ko‘katlar solib yana 10 daqiqa qaynatishni davom ettiring

Tayyor bo‘lgan tovuq sho‘rvani dasturxonga tortishingiz mumkin😍

🍽 Dasturxonga tortish uchun taklif

Yangi ko‘katlardan  kashnich va ko‘k piyozni maydalab dasturxonga qo‘yish mumkin. Limon bo‘lagini ham yoniga qo‘yib bezating.

Yoqimli ishtaha 🤤
 
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News