
- 13
- 27.03.2023 14:40:00
- 1 daq o'qish
Masalliqlar:
10-15 dona quritilgan pomidor
1 hovuch maydalangan yongʻoq
1-2 boʻlak sarimsoq
Yarim piyola zaytun yogʻi
Bir tutam tuz
1 choy qoshiq timyan
1 choy qoshiq maydalangan qizil qalampir
Ta’bga koʻra 1 osh qoshiq anor siropi
Tayyorlanishi:
Avval quritilgan pomidorlarni yuvib poʻstlogʻiga oʻtadigan darajada qaynatamiz
Oʻrtacha 10 daqiqa qaynatgandan keyin sovuq suvga solib sovushini kutamiz.
Keyin esa pomidorlarni salfetka bilan yaxshilab quritib, suvini tortishini ta’minlaymiz
Qurigan pomidorlarimizni ikkiga boʻlib ustiga barcha masalliqlarni qoʻshib aralashtiramiz. Yoqimli ishtaha