Qashqadaryoda oʻquvchi va oʻqituvchi janjali

Qashqadaryoda oʻquvchi va oʻqituvchi janjali
  • 4
  • 04.11.2024 09:53:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchi va o‘qituvchi yoqalashgani aks etgan video tarqaldi. Aniqlanishicha holat, 17-oktabr kuni Qarshi shahrida joylashgan 32-sonli o‘rta taʼlim maktabida sodir bo‘lgan bo‘lib, algebra fani o‘qituvchisi va 10-sinf o‘quvchisi o‘rtasida  o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqib, og‘zaki tortishib qolishgan. Shundan so‘ng ikkalasi yoqalashib ketishgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, o‘qituvchi va o‘quvchining xatti-harakatlariga chora ko‘rish uchun mazkur ish materiallari Ma’muroy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga (mayda bezorilik) asosan sudga yuborilgan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News