Toshkentda kvadroberlar paydo bo‘lmoqda

 Toshkentda kvadroberlar paydo bo‘lmoqda
  • 7
  • 14.10.2024 09:38:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar o‘rtasida ma’lum bir hayvon qiyofasiga kirish va xatti-harakatiga taqlid qilish ko‘rinishidagi kvadroberlik submadaniyati paydo bo‘lmoqda va bu Toshkenda ham kuzatildi. 10-oktabr kuni hayvonlar qiyofasidagi niqoblarni taqib olgan kvadrober uchratilgan, 11-oktabrda esa yana bir kvadrober yo‘lovchilarga itga taqlid qilib hujum qilgan. IIV ushbu holat yuzasidan barchani ayniqsa ota-onalarni ogohlikka chaqirdi. Kvadroberlik Qozog‘iston, Rossiya va Ukraina yoshlari orasida ham kuzatilgan. 

Kvadrobika — bolalar va o‘smirlar orasida ommalashgan trend bo‘lib, xobbi, submadaniyat va fitnes qorishmasi. Kvadroberlar hayvonlarning niqoblarini kiyadi, dum taqadi va hayvonlarga taqlid qilib, to‘rt oyoqda yuradi va sakraydi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News