Qovoqli sho'rva

Qovoqli sho'rva
  • 7
  • 08.03.2023 15:00:00
  • 1 daq o'qish

Kerakli masalliqlar:

- qovoq 500gr
- kartoshka 1 dona
- sabzi 1 dona
- piyoz 1 dona
- zaytun yog‘i yoki kungaboqar yog‘i
- sarimsoq 2 dona bo‘lagi
- sut 200 ml
- suv 2 l
- go‘sht suvi va tovuq go‘shti suvi 200 ml
- kurkuma (sariq zira)
- murch
- maydalangan qizil qalampir
- krem (slivkali sous) 200 ml
- archilgan qovoq danaklari 50gr
- yangi timyan

Tayyorlanishi

• Qovoq va sabzavotlarni bo‘laklarga bo‘lib, ziravorlar va yog‘ solib duxovkaga qo‘ying.
• Sabzavotlar tayyor bo‘lgandan so‘ng, duxovkadan olib blender yoki o‘zingizga qulay tarzda pyure holatiga keltiring.
• Qozonga go‘sht suvini quyib pyure bilan ozgina qaynating.
• Kurkuma, maydalangan qalampir va sutni ham qo‘shing va chiroyli ko‘rinishga kelishi uchun blenderdan o‘tkazing.
• Qovoqning danaklari,krem (slivkali sous) va yangi timyan bilan bezating.

Yoqimli ishtaha 🥰

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News