
- 2
- 10.09.2025 08:00:00
- 1 daq o'qish
Isroil kecha, 9-sentabr kuni Doha shahridagi turar joylarga aviazarbalar uyushtirdi. Hujumda olti kishi, jumladan, Qatar xavfsizlik xodimi halok bo‘ldi. Qatar bu zarbani “terroristik akt” deb atab, javobsiz qoldirmasligini ma’lum qildi.
Isroil esa hujumni HAMAS rahbariyatiga qarshi qaratilganini aytdi, ammo Doha tinch aholiga ham zarba berilganini bildirdi. Voqea xalqaro miqyosda qoralandi. Shu kuni Isroil G‘azo sektorida ham bombardimon qilib, 52 falastinlikni o‘ldirdi.