Putin Xitoyga bordi

Putin Xitoyga bordi
  • 14
  • 16.05.2024 10:59:00
  • 1 daq o'qish

Vladimir Putin 16-may kuni Pekinga bordi. Putinning Xitoyga tashrifi ikki bosqichda amalga oshirilib, biri Pekinda va biri Xarbinda bo‘ladi. u Si Szinpin bilan tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazadi, shuningdek, norasmiy tarzda yuzma-yuz muloqot qiladi.

Bu Putinning Rossiya prezidentligiga qayta saylanib, lavozimga kirishganidan keyingi ilk xorijiy tashrifidir.

Ikki tomonlama muzokaralar chog‘ida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish masalalariga eʼtibor qaratish rejalashtirilgan. Uchrashuvda Putin va Si Szinpin eng dolzarb siyosiy hamda mintaqaviy masalalarga ham to‘xtalib o‘tadi. Biroq, uchrashuvning eng muhim qismi yopiq eshiklar ortidagi norasmiy muhitda o‘tadi. “1+4” formatida yetakchilar Ukrainadagi vaziyatni batafsil muhokama qiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News