
- 10
- 14.06.2024 15:51:00
- 1 daq o'qish
Rossiya prezidentiga ko‘ra, Ukraina Donetsk, Luhansk, Xerson va Zaporijjya oblastlaridan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketsagina Kreml muzokaralarga kirishishi mumkin.
Rossiya prezidentiga ko‘ra, Ukraina o‘ziga tegishli bo‘lgan yuqoridagi to‘rt oblastning nafaqat Rossiya bosib olgan qismidan, balki to‘liq ma’muriy chegaralaridan chiqib ketishi kerak.
Vladimir Putin bu gaplarni 15-iyun kuni Shveytsariyada boshlanadigan Ukraina bo‘yicha tinchlik konferensiyasidan oldin aytdi. Bu urush boshlanganidan buyon tinchlik bo‘yicha eng yirik yig‘ilish bo‘ladi. Tashkilotchilar unga Rossiyani taklif qilmagan.