Putin Qozog‘iston prezidentini ham 9-may paradiga taklif qildi

Putin Qozog‘iston prezidentini ham 9-may paradiga taklif qildi
  • 9
  • 08.05.2023 15:36:00
  • 1 daq o'qish

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Ruslan Jeldibay o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, To‘qayev 8–9-may kunlari Rossiyaga amaliy tashrif bilan boradi.

 

“Prezident Tver viloyatida Rjev memorialini ziyorat qiladi va Ikkinchi jahon urushining eng yirik janglaridan birida halok bo‘lgan 100 va 101-o‘qchi diviziyalarning qozoq askarlari xotirasini yodga oladi”, — deb yozgan Jeldibay.

 

Shuningdek, To‘qayev amakisi Qosim Boltayev dafn etilgan Trubino qishlog‘idagi ommaviy qabrni ham ziyorat qiladi. Rjev jangida Qozog‘istondan chaqirilgan 22 mingga yaqin askar va ofitser qatnashgan.

 

“9-may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Qosim-Jo‘mart To‘qayev Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan paradda ishtirok etadi. Rossiya tomoni tantanali tadbirga MDH mamlakatlari rahbarlarini taklif etgan”, — deydi u.


Ma’lumot o‘rnida, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ham 9-may kuni Moskvaga tashrif buyuradi va Putin taklifiga asosan harbiy paradda ishtirok etadi

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News