
- 9
- 24.06.2023 13:43:00
- 1 daq o'qish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov xabar berdi.
“Prezident vaziyat haqida suhbatdoshlarini xabardor qildi”, — dedi Peskov jurnalistlarga.
Qozog‘iston prezidenti Rossiyada sodir bo‘layotgan voqealar mamlakatning ichki ishi ekanini ta’kidladi.
O‘z navbatida Putin mavqedoshlariga Rossiya Federatsiyasidagi mavjud vaziyatni tushunganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.