
- 3
- 01.03.2024 16:25:00
- 1 daq o'qish
Vladimir Putin 29-fevral kuni Federal Majlisga qilgan murojaatida xorijda rus tilini targ‘ib qilishni kuchaytirishni buyurdi va hukumatga rus tili va Rossiya madaniyatini targ‘ib qilish sohasidagi dasturlarni moliyalashtirishni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi.
“Hukumatdan rus tili va ko‘pmillatli madaniyatimizni targ‘ib qilish sohasidagi xalqaro dasturlarni moliyalashtirishni ko‘paytirishni so‘rayman. Birinchi navbatda, albatta, MDHda va butun dunyoda”, — dedi Putin.
Shuningdek, u rusofobiya haqida ham gapirib, bu boshqa irqchilik, milliy ustunlik kabi kishini “ko‘r va aqldan mahrum qilishi”ni aytdi.