Putin amerikalik jurnalistga intervyu berdi

Putin amerikalik jurnalistga intervyu berdi
  • 6
  • 09.02.2024 16:36:00
  • 1 daq o'qish

Putin Amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida Ukrainadagi vaziyatni muzokaralar yoʻli bilan hal qilishni istashini bildirdi va “Urushni biz boshlamadik, uni to‘xtatishga urinyapmiz” dedi. Uning soʻzlariga koʻra, 2022-yilda Ukraina bilan muzokaralar deyarli yakunlangan, biroq Kiyev barcha kelishuvlarni bekor qilgan. Putin Ukraina Prezidenti Rossiya bilan muzokaralarni qonuniy ravishda taqiqlaganini aytib Zelenskiyni muzokaralarni taqiqlovchi qonunni bekor qilishga chaqirdi va Rossiya hech qachon Ukraina bilan muzokaralardan bosh tortmaganini eslatdi.

Bundan tashqari, Putin jurnalistning Rossiya Yevropa davlatlariga ham hujum qiladimi? savoliga Rossiyaning Polsha, Latviya yoki qit’aning boshqa davlatlariga hududiy da’volari yo‘q ekanini bildirdi. “Faqat bitta holatda: agar Polshadan Rossiyaga hujum bo‘lsa. Nega? Chunki bizning Polshada ham, Latviyada ham — hech qayerda manfaatimiz yo‘q. Nega bizga bu kerak? Shunchaki manfaatlarimiz yo‘q. Faqat tahdidlar. Qandaydir global urushga kirishish sog'lom fikrga ziddir. Global urush esa butun insoniyatni halokat yoqasiga olib keladi. Bu aniq”, — dedi u.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News