Los-Anjelesda migrantlar deportatsiyasiga qarshi norozilik namoyishlari avj oldi

Los-Anjelesda migrantlar deportatsiyasiga qarshi norozilik namoyishlari avj oldi
  • 0
  • 09.06.2025 15:52:00
  • 1 daq o'qish

 

6-iyun kuni Los-Anjelesda ICE immigratsiya xizmatining keng ko‘lamli reydlari davomida  ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va shovqinli granatalar ishlatilib, 44 kishi hibsga olingach, Los-Anjeles markazida norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishchilar yo‘llarni to‘sib qo‘yib, migratsiya politsiyasiga tosh va petarda otishdi. Oq uy bu voqealarni “isyonga” tenglashtirdi va Tramp shaharga 2 ming nafar milliy gvardiyachini yuborishni buyurdi. Pentagon zarurat tug‘ilsa, dengiz piyodalarini ham jalb qilish mumkinligini aytdi.
Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom federal kuchlarning bu harakatini “provokatsion” deb atadi va ularni chaqirib olishni talab qildi. Noroziliklar Nyu-Yorkka ham tarqaldi, u yerda ham politsiya bilan to‘qnashuvlar kuzatilmoqda.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News