
- 0
- 11.07.2025 14:35:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda defektolog Dilorom Jabborovaning bolalarni itdek akillatib dars o‘tayotgani aks etgan videosi tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Bolalar ombudsmani Bosh prokuraturaga so‘rov kiritdi.
Ayolning o‘zi esa “Millionlab bolalarimiz ovozsiz, hissiz yashayapti. Ularning kuchini qaytarish uchun aktyorlik, musiqa, sport kabi usullar kerak. Ular eshitilgan tovush orqali harakat qiladi, bu esa erkinlikka olib boradi” deb izohladi.
Avvalroq, unga nisbatan firibgarlik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va duduqlanish muammosi bilan shug‘ullanishi taqiqlangandi. Shunga qaramay, u faoliyatini davom ettirgani aniqlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.