Turkmanistonda ish haqi va pensiyalarni har yili oshirmaslik taklif qilindi

Turkmanistonda ish haqi va pensiyalarni har yili oshirmaslik taklif qilindi
  • 0
  • 24.09.2025 13:48:00
  • 1 daq o'qish

Turkmanistonda Xalq maslahati oqsoqollar kengashi a’zosi Yazmirat Atamiradov ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni har yili oshirish amaliyotidan voz kechishni taklif qildi. U bu fikrni Gurbanguli Berdimuhamedov raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bildirgan va Serdar Berdimuhamedovga murojaat qilgan. Atamiradov aholining ijtimoiy-maishiy sharoitlari yuqori darajaga yetganini, odamlar uchun yaratilgan bunday imtiyozlar dunyoning hech bir mamlakatida yo‘qligini aytgan. Taklif ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilar inflyatsiya yuqori ekanini, go‘sht narxi yarim yilda ikki baravar oshib 100 manatga yetgani va eng kam pensiya 550 manat (27,5 dollar), nafaqa esa 520 manat (26 dollar) bo‘lib qolayotganini eslatib, tanqidiy fikrlar bildirishgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News