Muftiy Nuriddin domla: Islom kiyimda ham me'yorni, haddini oʻrgatadi

Muftiy Nuriddin domla: Islom kiyimda ham me'yorni, haddini oʻrgatadi
  • 5
  • 09.09.2023 07:56:00
  • 1 daq o'qish

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov ayrim insonlar kiyinish borasida boshqa millat vakillariga taqlid qilayotganini tanqid ostiga oldi.

"Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam, “Alloh taolo sizlarning koʻrinishingizga, suratingizga, mol-u dunyoyingizga qaramaydi. Sizlarni taqvoingizga, Allohdan qoʻrqishingizga qaraydi”, deganlar. Allohdan qoʻrqishlik, taqvo bu — kiyim bilan oʻlchanmaydi. 

Musulmon boʻldingmi, mana bu formaga oʻtishing kerak, degan gap yoʻq. Bu umuminsoniyat uchun yuborilgan – arablar oʻziga xos, turklar oʻziga xos kiyimni kiyadi. Oʻzbeklar ham. 

Islom kiyimda ham me'yorni, haddini oʻrgatadi. Haddingni bil, behayo boʻlib butun dunyoga sharmanda boʻladigan kiyimni ham kiyma, yoki qop-qora boʻlib arablardek boʻlib olma. Berkitish shart boʻlmagan joylarni berkitishga buyurilmagan", — dedi muftiy hazratlari.

Manba:Daryo.uz
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News