
- 4
- 01.03.2024 16:26:00
- 1 daq o'qish
29-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga bordi.
Tashrif davomida, Prezident Amudaryo tumanidagi yangi ko‘prikning ochilish marosimida va Tuproqqalʼada Voltalia kompaniyasi tomonidan quvvati 100 megavattlik quyosh elektr stansiyasi qurilishini boshlash marosimida ham ishtirok etdi.
Bundan tashqari, Xorazm viloyatiga 1,5 milliard dollar sarmoya kiritilib, shundan 1 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilish, 600 million dollar eksportni amalga oshirish vazifasi qoʻyildi.
Xorazmning asosiy drayveridan biri boʻlgan turizmni rivojlantirish boʻyicha 3 yillik dastur qabul qilinib, sayyohlarga bir yil davomida cheklovsiz Xorazmga kirish uchun “Oʻzbekiston – mening ikkinchi uyim” viza tizimi joriy qilinishi aytildi.
Shuningdek, Urganch shahrida “Lazgi” va “Avesto” muzeylarini tashkil qilish taklif qilindi.