
- 0
- 03.04.2025 14:42:00
- 1 daq o'qish
Kecha, 31-mart kuni Xo‘jandda O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaning kuchga kirishi haqidagi bayonnoma, shuningdek, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi tarixiy shartnoma imzolandi.
Muzokaralar va uchrashuvlardan keyin O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon va Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov uch mamlakat madaniyat va san’at ustalarining konsertida qatnashdilar. Konsert doirasida bo‘lib o‘tgan dron shouda prezidentlar tasviri namoyish etildi.