Prezident maktablari yangi o‘quv yili uchun qabul e’lon qildi

Prezident maktablari yangi o‘quv yili uchun qabul e’lon qildi
  • 4
  • 31.05.2023 10:03:00
  • 2 daq o'qish

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar onlayn shaklda “Ariza.piima.uz” sayti orqali amalga oshiriladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident maktablariga o‘qishga kirish uchun talabgordan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
  • fotosurat (oxirgi 2 oyda olingan);
  • ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
  • baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
  • talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari “5” baho (aʼlo) bo‘lishi lozim.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

2023/2024-o‘quv yilida Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Nukus, Nurafshon, Samarqand, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul qilinadi.

Aprel oxirlarida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov 2023/2024-o‘quv yili Prezident maktablari imtihonlaridan o‘tolmaganlar ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinishini aytgandi.

Ixtisoslashtirilgan maktablar haqida

2022-yil 14-aprel kuni prezidentning “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi farmoni imzolangan. Unga ko‘ra, 2023-yil 1-iyunga qadar faoliyati tugatilgan Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalari negizida 5 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda 3 ta ixtisoslashtirilgan maktabi; 2022—2024-yillarda Prezident ta’lim muassasalar agentligi tizimida 25 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari qurish hamda kelgusida yangi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablarni faqat agentlik tizimida tashkil etish kabi vazifalar belgilab berilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News