
- 0
- 04.06.2025 08:45:00
- 1 daq o'qish
2025-yil 3-iyun kuni Janubiy Koreyada sobiq prezident Yun Sok Yol impichmentidan so‘ng muddatidan oldin prezidentlik saylovi boshlandi. 52 million aholining 44,4 millioni ovoz berish huquqiga ega. Muddatidan oldin 15 milliondan ortiq saylovchi ovoz berdi.
Asosiy nomzodlar:
* Li Chje Myon (61 yosh, “Toburo”): Ijtimoiy islohotlar va xalqaro muvozanat tarafdori.
* Kim Mun Su (73 yosh, “Xalq kuchi”): Atom energetikasi, konservativ ichki va qat’iy tashqi siyosat tarafdori.
* Li Chjun Sok (40 yosh, “Yangi islohotlar”): Hokimiyatni nomarkazlashtirish va iqtisodiy islohotlarga urg‘u beradi.
So‘rovlarga ko‘ra, Li Chje Myon 49,2% bilan yetakchilik qilmoqda. Kim Mun Su – 36,8%, Li Chjun Sok – 10,3%.