
- 0
- 09.05.2025 10:14:00
- 1 daq o'qish
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi.
Davlat rahbari an’anaga muvofiq “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi. Ushbu obida xalqimizning urush yillaridagi sabr-toqati, jasorati va yo‘qotishlar ramzidir.
Tadbir davomida prezident urushda ishtirok etgan hamda front ortida mehnat qilgan millionlab o‘zbekistonliklarning fidoyiligi, shuningdek, ularning mardlik va jasorati tarixda o‘chmas iz qoldirganini ta’kidladi.
Prezident “Xotira nuri” yodgorligini ham ko‘zdan kechirdi. Ushbu monument o‘zbekistonlik urush qahramonlari xotirasiga bag‘ishlangan bo‘lib, ikki avlod o‘rtasidagi vorislik g‘oyasini ifodalaydi.