
- 3
- 18.07.2023 14:42:00
- 1 daq o'qish
Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan prezident Shavkat Mirziyoyev 18-iyul kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Jidda shahrida “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammitda ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.
Tadbir doirasida qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.