Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun — Yoshlar kunida yoshlar bilan uchrashib, ularning startaplari, innovatsion ishlanmalari, ijtimoiy hamda madaniy-ma’rifiy loyihalari bilan tanishdi.

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun — Yoshlar kunida yoshlar bilan uchrashib, ularning startaplari, innovatsion ishlanmalari, ijtimoiy hamda madaniy-ma’rifiy loyihalari bilan tanishdi.
  • 5
  • 30.06.2026 18:48:00
  • 2 daq o'qish

Shuningdek, ulardan bir guruhiga “Kelajak bunyodkori” hamda “Mard o’g’lon” mukofotlarini shaxsan topshirdi.
Bundan tashqari, yoshlar uchun quyidagi yangi loyiha va tanlovlar e’lon qilindi:

🔹 “Vatan mehri – ijtimoiy tashabbuslar” tanlovi — aholi muammolari bo‘yicha eng yaxshi yechim bergan volontyorlar va 50 ta ijtimoiy loyiha muallifi taqdirlanadi;

🔹 “Qanot” loyihasi — ijtimoiy xavf guruhidagi bolalarni ijtimoiy xizmatlar, ta’lim, sport, musiqa va san’atga yo‘naltirib, qayta huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsad qilingan;

🔹 “Tashabbuslar ofisi” — yoshlarning har bir g‘oyasi loyihaga, mahsulotga va xizmatga aylantirish bo‘yicha ishlar boshlanadi. Buning uchun 50 milliard so‘m ajratiladi;

🔹 “Muhammad al-Xorazmiy” nomidagi davlat stipendiyasi — AT sohasidagi iqtidorli talabalar rag’batlantiriladi;

🔹 “Muhandis qizlar” stipendiyasi — muhandislik, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha iqtidorli qizlar taqdirlanadi;

🔹 “Mening birinchi kompyuterim” dasturi — ehtiyojmand oiladagi 10 ming yoshga noutbuk olish xarajatining yarmi Raqamli texnologiyalar jamg‘armasidan qoplab beriladi, qolgan qismiga esa uch yilda bo‘lib to‘lash sharti bilan foizsiz ssuda ajratiladi;

🔹 “1 mingta masalaga – yoshlardan 1 mingta yechim” loyihasi — har bir rahbar o‘z tizimidagi dolzarb muammolarni ochiq platformada joylashtirib, eng yaxshi yechimlar uchun mukofot e’lon qiladi. Buning uchun har bir vazir va hokim kamida 10 milliard so‘mlik venchur jamg‘arma tashkil etadi;

🔹 “O‘zbekiston yoshlar ligasi” platformasi — yoshlar o‘z natijasini platformaga kiritadi. Bu ma’lumotlar vazirliklar tomonidan o‘rganiladi va yoshlarga ball beriladi. Yuqori ball to‘plagan o‘g‘il-qizlarimizga ta’limda grant, kontraktga chegirma, “kasb vaucheri” beriladi, xorijda o‘qish puli qoplanadi;

🔹 “TOP-100” dasturi — “yangi iqtisodiyot”, AT va sun’iy intellekt, ta’lim, tibbiyot va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yurtimizdagi yoshlar hamda chet eldagi vatandoshlarimiz uchun ochiq tanlov e’lon qilinadi. Tanlovning 100 nafar g‘olibi 50 million so‘mdan mukofotlanadi va rahbarlik lavozimiga tayinlanadi;

🔹 “Kafolatlangan birinchi qadam” paketi — “ustoz-talaba” dasturi asosida uyushmagan yoshlarni o‘qitib, oliygohga kirishiga ko‘maklashgan talabalarga magistraturaga kirishda qo‘shimcha ball, davlat stipendiyalarini olishda ustuvorlik beriladi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News