O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘istonning birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘istonning birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
  • 6
  • 22.04.2023 08:33:00
  • 1 daq o'qish

21-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari va Qozog‘istonning birinchi Prezidenti bir-birini muborak Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklab, qardosh xalqlarimizga farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladilar.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida bugungi yuksak darajaga erishilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Manba: president.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News