
- 1
- 01.07.2025 06:10:00
- 1 daq o'qish
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyevning aytishicha, prezident Sadir Japarov ish ko‘pligi sababli so‘nggi uch kun davomida faqat samolyotda uxlamoqda.
Japarov dam olish kunlariga qaramay, xorijiy safarlarda faoliyat olib bormoqda. U Malayziyadan uchib kelganidan so‘ng, Manas aeroportida yonilg‘i quydirib, darhol Minskka uchib ketgan. Kechasi qaytib kelgan, biroq uyga bormagan.
Tashiyevning ta’kidlashicha, davlat xizmatchilari ham prezident kabi tinimsiz ishlashi kerak. Shanba-yakshanba kunlari dam olish yoki chet elga chiqish taqiqlanadi. Bunday holatlar aniqlansa, amaldorlar jazolanib, lavozimidan ozod qilinadi.
U 2023-yilda ham vazirlarga ta’tilni man qilganini eslatib, “birorta vazirni plyajda shortida yotgan holda ko‘rmayin”, degan edi.