⚡️ Prezident ijtimoiy karta joriy etilishini e'lon qildi

⚡️ Prezident ijtimoiy karta joriy etilishini e'lon qildi
  • 2
  • 16.12.2024 13:45:00
  • 1 daq o'qish

 

Prezident ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda barcha hujjatlarni o‘rnini bosadigan bitta – ijtimoiy karta joriy etilishini e'lon qildi. Hozirgi kunda 65 turdagi ijtimoiy xizmat va yordam olish uchun fuqarolar tug‘ilganlik, nogironlik to‘g‘risida, pensiya, talabalik guvohnomasi, bank kartasi kabi 10 dan ortiq hujjatni ko‘tarib yurishga majbur. Bunday ovoragarchilikka chek qo‘yish maqsadida ijtimoiy karta joriy etilishini e’lon qilindi. 

Ijtimoiy karta bilan avtobus va metroda bepul yurish, elektr, gaz va o‘qish xarajatiga kompensatsiya olish mumkin bo‘ladi, nafaqa va yordam pullari ham shu kartaga tushadi.
Bu tizim 1-iyulgacha Toshkent shahri va Yangiyo‘l tumanida sinovdan o‘tkaziladi, yil yakunigacha hamma joyda ishga tushiriladi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News