Toshkentda “Power Uzbekistan 2025” bo‘lib o‘tmoqda

  • 0
  • 14.05.2025 09:21:00
  • 1 daq o'qish

 

Ko‘rgazmada qayta tiklanuvchi energiya manbalari, elektr energetikasi hamda energiya samaradorligi va innovatsion yechimlar bo‘yicha so‘nggi texnologiyalar taqdim etilmoqda.

Ko‘rgazma mahalliy va xorijiy kompaniyalar, sanoat mutaxassislari va investorlarga o‘z ishlanmalarini taqdim etish va yangi hamkorlik imkoniyatlarini yaratish imkonini beradi. Ko‘rgazmada 12 davlatdan 102 kompaniya ishtirok etmoqda.  Bu ko‘rgazma, shuningdek, O‘zbekistonda energiya sohasidagi innovatsiyalarni rivojlantirish va barqaror energiya manbalarini joriy etish maqsadida tashkil etiladi.

Ko‘rgazma 13–15-may kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News