O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 2025-yil oxirigacha 6 foizgacha tushiriladi

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 2025-yil oxirigacha 6 foizgacha tushiriladi
  • 4
  • 17.09.2025 13:55:00
  • 1 daq o'qish

Shavkat Mirziyoyev 17-sentyabr kuni Namanganda bo‘lib o‘tgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” III xalqaro forumida O‘zbekistonda kambag‘allik darajasini 2025-yil yakunigacha 6 foizgacha kamaytirish rejalashtirilganini ma’lum qildi.
So‘nggi yillarda 7,5 million kishi kambag‘allikdan chiqarildi, 2024-yilda daraja 8,9 foizga tushdi. Davlat rahbarining ta’kidlashicha, iqtisodiy o‘sish, aholi daromadining oshishi va manzilli ijtimoiy yordam bu natijalarga erishishda muhim omil bo‘lmoqda.

Prezident 2030-yilga borib O‘zbekistonda mutlaq kambag‘allikka barham berish imkoniyati mavjudligini bildirdi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News