Parrandachilik korxonalari 5 yilga yer solig‘idan ozod qilinadi

Parrandachilik korxonalari 5 yilga yer solig‘idan ozod qilinadi
  • 9
  • 25.06.2024 16:59:00
  • 1 daq o'qish

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-iyun kuni chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Unga ko‘ra, parrandachilik korxonalari 5 yilga yer solig‘idan ozod qilinadi. Parranda go‘shti eksportiga ruxsat beriladi. Tadbirkorlarga berilgan 35 million dollar arzon resursni qaytarish muddati 3 yilga uzaytiriladi.

Davlat rahbari ozuqa-yem zaxirasini kengaytirish va parrandachilik xo‘jaliklariga markazlashtirilgan tartibda yetkazish bo‘yicha ham topshiriqlar berdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News