Kambag‘al oilalarga nuroniylar biriktiriladi

Kambag‘al oilalarga nuroniylar biriktiriladi
  • 6
  • 27.11.2024 16:07:00
  • 1 daq o'qish

Prezident qaror bilan mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan obro‘-e’tiborli uch nafar faol nuroniy beshta kambag‘al oilaga olti oyga biriktiriladi. “Mahalla yettiligi” oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilashda faol nuroniylarga yaqindan yordam beradi. Nuroniylarning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilar:

🔹 xonadon tomorqasidan samarali foydalanish va kichik ishlab chiqarish uskunalari va boshqa zarur texnika vositalarini bo‘lib to‘lash sharti bilan ijaraga olishga yordamlashish:

🔹 oila farzandlarini hunarmand va ustalarga shogirdlikka biriktirish, shuningdek, ushbu oilalarning ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan farzandlarini o‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari bilan ta’minlash;

🔹 piyoda yurish madaniyatini targ‘ib qilish;

🔹 keksa yoshdagi fuqarolar uchun mos keladigan sport tadbirlarini tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish.

Faol nuroniylar har oyda 577 500 soʻm miqdorida ragʻbatlantirib boriladi. Shuningdek, keksa yoshdagi fuqarolarni sportga jalb qilish uchun har bir mahallaga yiliga 10 mln soʻm miqdorida mablagʻ ajratilishi belgilandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News