⚡️ O‘zbekistonda kambag‘al oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi

⚡️ O‘zbekistonda kambag‘al oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi
  • 0
  • 13.05.2025 11:58:00
  • 1 daq o'qish

 

Prezident farmoniga asosan 2025-yil 15-maydan kambag‘al oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi. Bu toifalarga qarab ularga boj, yig‘im va boshqa to‘lovlar bo‘yicha 75% gacha chegirmalar taqdim etiladi.

“Qizil” toifa – o‘ta muhtoj va mehnatga yaroqsiz a’zolari bor oilalar (75% chegirma).

“Sariq” toifa – daromadi kam, ammo mehnatga layoqatli a’zolari bor oilalar (50% chegirma).

“Yashil” toifa – minimal daromaddan sal yuqori daromadga ega oilalar. Ular ijtimoiy qo‘llab-quvvatlovni 12 oy davomida saqlab qoladi.

2026-yildan boshlab ijtimoiy yordam faqat ushbu reyestga kiritilgan oilalargagina beriladi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News