
- 6
- 26.08.2024 16:00:00
- 1 daq o'qish
Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 27-oktabrda o‘tkaziladigan deputatlik saylovi bo‘yicha Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalarini tuzish boʻyicha qarori qabul qilindi. Unda 39 ta chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkalari tuzilishi belgilandi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzuridagi saylov uchastkalari Toshkent shahri hududiga biriktirildi.