
- 3
- 03.12.2024 11:25:00
- 1 daq o'qish
Navoiyda 2011-yildan beri IIV tizimida ishlab kelgan IIB Tezkor qidiruv xizmatining Kiberxavfsizlik bo‘linmasi katta tezkor xodimi kartasidagi pulini o‘g‘irlatgan fuqarodan pora olgan vaqtda ushlandi. Karmanada yashovchi fuqaro plastik kartasidagi 62 mln so‘m pulini o‘g‘irlatgan. U ichki ishlar organiga murojaat qilganida, xodim fuqarodan pulni kim yechib olganini aniqlab berish evaziga 600 dollar so‘ragan. U joriy yil 11-iyun kuni fuqarodan pulni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Pora olgan IIB xodimiga 2 yil IIV tizimida ishlash huquqidan mahrum etgan holda 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.