Rossiyadagi tadqiqot stansiyasini oq ayiqlar egallab oldi

Rossiyadagi tadqiqot stansiyasini oq ayiqlar egallab oldi
  • 5
  • 29.09.2025 12:30:00
  • 1 daq o'qish

Rossiyaning shimoli-sharqiy qirg‘oqlari yaqinidagi orolda joylashgan tashlandiq Sovet qutb tadqiqot stansiyasini oq ayiqlar egallab oldi. Sayohatchi bloger Vadim Maxorov yoz oxirida Chukchi dengizidagi Kolyuchin orolida joylashgan tashlandiq stansiyaning binolariga kirib-chiqib yurgan ayiqlarni dron yordamida suratga oldi. “Menimcha ayiqlar bu stansiyani shamol va yomg‘irlardan asrovchi boshpana sifatida ko‘rmoqda” deb izoh beradi bloger. Ma’lumotlarga ko‘ra, olimlar tashlandiq tadqiqot stansiyasini 30 yil avval tark etishgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News