Namanganda tekstil korxonasi xodimlarida zaharlanish kuzatildi va 5 nafari kasalxonaga yotqizildi

Namanganda tekstil korxonasi xodimlarida zaharlanish kuzatildi va 5 nafari kasalxonaga yotqizildi
  • 4
  • 05.10.2023 07:32:00
  • 1 daq o'qish

Namangan viloyatining Norin tumanidagi tekstil korxonalaridan birida xodimlarning zaharlanishi kuzatildi. Korxona xodimlari tuman tibbiyot birlashmasiga keltirilgan va tekshiruvdan o‘tkazilgan.Besh nafar bemorda zaharlanish alomatlari kuzatilgan. Ularning hamkasblari ham bundan xavotirlanib kasalxonaga kelgan, lekin tekshiruvlar davomida ularda noxush holatlar aniqlanmadi va uylariga qaytarildi. Bemorlarning qon tahlillari olingan, natijalar chiqqanidan so‘ng yana qo‘shimcha maʼlumot berish mumkin, — deydi tibbiyot birlashmasi rahbari Naima Xolmirzayeva.Hodisa korxona yonida joylashgan gaz quyish shoxobchasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Bu yerda olib borilgan taʼmirlash ishlari chog‘ida gaz sizishi ro‘y bergan va xodimlarning zaharlanishiga sabab bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Manba: daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News