Bolalardagi zaharlanish dori yoki ovqatdan emas — Elmira Bositxonova

Bolalardagi zaharlanish dori yoki ovqatdan emas — Elmira Bositxonova
  • 4
  • 23.09.2023 07:37:00
  • 1 daq o'qish

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova bolalarning ommaviy zaharlanishi bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha so‘ngi ma’lumotlarni e’lon qildi. Bolalarda kuzatilgan noxush holat dastlabki tekshiruvlarga ko‘ra, dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanish emas. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Elmira Bositxonova Namanganda o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.Qayd etilishicha, hozirda 20 ga yaqin analiz xulosalari olingani va chuqurlashtirilgan tahlillardan so‘ng vaziyatga aniqlik kiritiladi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli xabarlarga ishonavermaslik, bunday jarayonda faqatgina mutaxassislarning fikriga tayanib axborot tarqatilishi kerak. Ayni paytda salomatligidan shikoyat qilib kelayotgan yosh bolalarning 85 foizi sog‘ligi joyida, uylariga qaytishga birin-ketin ruxsat berilmoqda. Qolganlari kunning boshida ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning ham ahvoli yaxshilanib bormoqda”, — dedi Respublika ishchi guruhi rahbari Elmira Bositxonova.

Manba: uznews.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News