
- 5
- 01.03.2024 14:48:00
- 1 daq o'qish
Fransiya terma jamoasi va “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Pol Pogba 4 yilga futboldan chetlatilgani ma’lum bo‘lgandi. 31 yoshli futbolchi 4 yildan so‘ng 35 yoshga kirishini inobatga olsak, katta ehtimol bilan Pogbaning futbolchilik karyerasi yakuniga yetishi mumkin. Shu boisdan ham futbolchi yuoqirdagi qarordan keskin noroziligini va Sport arbitraj sudiga shikoyat arizasi bilan murojaat qilishini ma’lum qildi.
“Antidoping qo‘mitasining qarori haqida xabar topdim va bu hukmni noto‘g‘ri deb hisoblayman. Juda ham xafaman, shok holatidaman. Barcha erishganlarimni mendan o‘g‘irlangandek his qilyapman. Meni borimdan mahrum qilishdi. Bu voqeaning barchasi hali ochiqlanadi, ammo men hech qachon ataylab yoki maqsadli ravishda doping qoidalarini buzadigan qo‘shimchalarni qabul qilmaganman. Professional sportchi sifatida o‘z natijalarimni taqiqlangan moddalar yordamida yaxshilash uchun hattoki urinmaganman. Hech qachon o‘zim o‘ynagan va raqib jamoalarning sportchilari hamda muxlislarga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatmagan yoki ularni aldamaganman. E’lon qilingan hukmdan kelib chiqqan holda men Sport arbitraj sudiga shikoyat arizasini kiritaman” – deb yozdi Pogba X tarmog‘idagi sahifasida