
- 0
- 20.09.2025 11:43:00
- 1 daq o'qish
Parijdan Korsikaga uchayotgan Air Corsica aviakompaniyasi samolyoti aeroportga 20 daqiqa davomida qo‘na olmadi. Sababi – aeroportdagi yagona havo harakati nazoratchisi ish vaqtida uxlab qolgan.
Ekipaj samolyotni havoda aylantirib turishga majbur bo‘ldi. Dispetcherni uyg‘otish uchun yerda favqulodda xizmatlar chaqirildi. Samolyot kapitani yo‘lovchilar vaziyatni jiddiy qabul qilmay, kulib yuborganini aytgan.