
- 3
- 11.06.2024 15:43:00
- 1 daq o'qish
10-iyun kuni Malavi vitse-prezidentining samolyoti g‘oyib bo‘lganligi haqida xabar berilgan edi. Qidiruv-qutqaruv ishlaridan so‘ng, samolyot qoldiqlari topildi. Afsuski, tirik qolganlar yo‘q.
Ma'lum qilinishicha, samolyot mamlakat shimolidagi tog‘li hududda noqulay ob-havo tufayli halokatga uchragan. Bortdagi 10 kishidan hech biri, xususan, 51 yoshli vitse-prezident Chilima ham omon qolmagan.