“Tuzlangan piyoz”

  • 12
  • 11.03.2023 13:58:00
  • 1 daq o'qish

Biz dasturxoningizga ko‘rk beruvchi, gamburger va lavash bilan tanovul qilishga mos keluvchi “Tuzlangan piyoz” retseptini sizlarga ham ilindik🥰 Oshxonangizda ushbu retseptni albatta sinab ko‘ring🤓

🧅 Tarkibi:
2 ta qizil piyoz (ingichka to‘g‘ralgan)
1 osh qoshiq osh tuzi
1 stakan uzum sirkasi (boshqa sirkalardan ham foydalanish mumkin)
1 banka qaynoq suv (yopish uchun yetarli)
1 choy qoshiq shakar
rozmarin
limon kislotasi

🧂Kerakli masalliqlar:
2 ta piyoz
1 choy qoshiq sirka
1 osh qoshiq tuz
1 choy qoshiq shakar
qaynatilgan suv
1 choy qoshiq qora qalampir
1 choy qoshiq sumax

👨🏻‍🍳 Tayyorlanishi:

- Yuvilgan va quritilgan qizil piyozni ziravorlar bilan sterillangan idishga soling.
- Sirka va osh tuzini aralashtirib, bankaga qo‘shing.
- Bir osh qoshiq limon kislotasi va piyozni ko‘madigan darajada qaynoq suv qo‘shing, yangi qopqoq bilan mahkam yoping, uni teskari qilib, xona haroratida sovuting.
- Xohlasangiz, har bir bankaga 1 yoki 2 choy qoshiq shakar qo‘shishingiz mumkin.
- Tuzlama 5-7 kunda tayyor bo‘ladi.
- Qopqoqni ochmasangiz, butun qish davomida quruq va salqin joyda saqlashingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha 🤤

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News