O‘zbekistonda fonagramma cheklanadi

O‘zbekistonda fonagramma cheklanadi
  • 1
  • 10.04.2025 12:15:00
  • 1 daq o'qish

Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-maydan boshlab davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladigan barcha konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanadi.

Shuningdek, ijodkorlarni “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” va “O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi” kabi davlat mukofotlariga tavsiya etishda ham birinchi navbatda, ularning jonli ijroda kuylay olish qobiliyati inobatga olinadi va har chorakda “Jonli ijro haftaligi"o‘tkaziladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News