Filippincha sirg‘alish yo‘li

Filippincha sirg‘alish yo‘li
  • 0
  • 06.08.2025 08:11:00
  • 1 daq o'qish

Filippinning Linabo qishlog‘i yaqinida har tong ishga yo‘l olgan mahalliy aholi zinapoya bilan emas, balki uning yonidagi trubali tutqichdan sirg‘alib tushishadi.
Bu joy mashhur Linabo zinapoyasi bo‘lib, unda 3003 zina mavjud. U tog‘ cho‘qqisidagi kuzatuv maydonchasiga olib boradi. Zinapoyaning taxminan yarmida kichik qishloq joylashgan bo‘lib, bu qishloqda yashovchilar qulaylik uchun trubadan sirg‘alib tushishni odat qilishgan. Aholining aytishicha, bu yo‘l bilan tushish juda zavqli, ammo, qayta tepaga ko‘tarilish esa ancha mashaqqatli kechadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News