Sankt-Peterburgda migrantlarga kuryer va taksi xizmatlarida ishlash taqiqlanishi mumkin

Sankt-Peterburgda migrantlarga kuryer va taksi xizmatlarida ishlash taqiqlanishi mumkin
  • 0
  • 30.05.2025 08:03:00
  • 1 daq o'qish

 

Sankt-Peterburg hukumati 1-iyuldan boshlab migrantlarga kuryer va taksi haydovchisi bo‘lib ishlashni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Qaror loyihasi 28-may kuni e’lon qilindi.
Patent asosida ishlovchi migrantlarga quyidagi faoliyatlar taqiqlanadi:
•  Yengil avtomobillarni haydovchilik uchun ijaraga berish va taksi xizmati;
•  Kuryerlik xizmati;
•  Turli transport vositalari orqali yetkazib berish xizmati;
•  Uyga oziq-ovqat yetkazib berish faoliyati;
•  Boshqa kuryerlik ishlari.
Shuningdek, yangi tartibga ko‘ra, kompaniyalar kuryerlar joylashuvini aniqlovchi qurilmalar bilan ta’minlashi va ularni identifikatsiya raqami bilan belgilashi kerak bo‘ladi. Tezlik cheklovi – soatiga 15 km.
Taqiq 2025-yil oxirigacha amal qiladi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News