❗️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

❗️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi
  • 0
  • 07.07.2025 11:35:00
  • 1 daq o'qish

 

Bilim va malakalarni baholash agentligi 2025/2026-o‘quv yili uchun test sinovlarida ishtirok etuvchi abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” berilayotganini e’lon qildi.
Abituriyentlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytida shaxsiy identifikatsiya raqami yoki pasport va JShShIR ma’lumotlari orqali olishlari mumkin. Buning uchun shaxsiy kabinetga kirib, “Qayd varag‘i” sahifasida ruxsatnomani yuklab olish tugmasi paydo bo‘lgan.
Test sinovlariga abituriyentlar faqat pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtda yetib kelishlari kerak. Pasport nusxasi, boshqa hujjatlar bilan yoki kechikib kelgan abituriyentlar testga kiritilmaydi.
Joriy yilda oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 732 411 nafarni tashkil etdi. Bu so‘nggi 7 yil ichidagi eng past ko‘rsatkichdir.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News