
- 0
- 05.08.2025 14:22:00
- 1 daq o'qish
Toshkent shahrining Mirobod tumanida yirik o‘g‘rilik fosh etildi. Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, ikki erkak 22-iyun kuni ofisdan ichida 560 ming dollar bo‘lgan seyfni o‘g‘irlab ketgan.
Toshkent shahar IIBB bergan bayonotga ko‘ra, jinoyat oldindan rejalashtirilib, gumondorlar voqea joyiga “Gentra” rusumli avtomobilda niqob va qo‘lqop kiyib kelgan. Ular bino qulfini buzib ochib, katta miqdordagi pul saqlangan seyfni olib qochishgan.
Tezkor tadbirlar natijasida huquq-tartibot organlari xodimlari gumondorlardan birining uyidan 440 ming dollarni topishgan. Ikkinchi shaxs esa chet elga chiqib ketishga urinayotgan vaqtida qo‘lga olingan.